Fransiya terma jamoasi sobiq murabbiyi Shevalyeni qoʻllab-quvvatladi

Fransiya terma jamoasi sobiq murabbiyi Shevalyeni qoʻllab-quvvatladi

Fransiya terma jamoasi sobiq murabbiyi Shevalyeni qoʻllab-quvvatladi
PSJ darvozaboni Lyuka Shevalye bu mavsumda oʻzining eng yaxshi oʻyinlarini koʻrsata olmayapti. U nafaqat futbol jihatlari, balki siyosiy holatlar sababli ham tanqid ostida qolmoqda.

Shevalyeni qoʻllab-quvvatlash uchun Fransiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Karim Bukru chiqdi. U oʻz vaqtida Lyukani ham murabbiy sifatida boshqargan.

\"Men nafaqat Lyukani, balki uning oilasini, otasi Freddini ham yaxshi bilaman. Hozir Lyuka haqida yozilayotgan gaplar uning oilasiga hech qanday aloqasi yoʻq.

Lyuka – ajoyib, sogʻlom va tarbiyali yosh yigit. Xuddi shunday soʻzlarni uning ota-onasi, ayniqsa, yaxshi biladigan otasi haqida ham ayta olaman\", – dedi Bukru \"Le Parisien\"ga bergan intervyusida.

Eslatib oʻtamiz, Lyuka Shevalye \"PSJ\"ga \"Lill\" klubidan oʻtgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.