Lukaku dekabr boshida maydonga qaytishi mumkin


Belgiya terma jamoasi hujumchisi Romelu Lukakuning jarohatdan tiklanishi kutilganidan yaxshiroq kechmoqda. Antonio Konte uni dekabr oyi ikkinchi yarmida, Italiya Superkubogi o‘yinlari uchun zarur bo‘lgan vaqtda maydonga qaytadi deb o‘ylagandi.
Biroq, Neapol klubi tibbiyot xizmati bergan so‘nggi xabarlarga ko‘ra, Lukaku allaqachon dekabrning dastlabki kunlaridayoq maydonga qaytishi mumkin. Bu \"Napoli\" uchun ayni muddao, chunki jamoa so‘nggi vaqtlarda bir qator muammolarga duch kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Lukaku mavsum boshlanishidan oldin, \"Olimpiakos\"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida jarohat olgan edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













