Manchester Yunayted yangi darvozabon topdi

Manchester Yunayted yangi darvozabon topdi
Manchester Yunayted darvozabon pozitsiyasini kuchaytirish ustida ish olib bormoqda. "Qizil iblislar" radari ostida Shvetsiyalik Melker Elborg bor, u o'z vatanida "Malmyo" jamoasi safida to'p suradi.

Sun Sport xabariga ko'ra, ingliz klubi 22 yoshli darvozabonni Senn Lammensga zaxira sifatida ko'rib chiqmoqda. Transfermarkt portalida Elborgning narxi 300 ming yevro deya baholangan.

Futbolchi "Malmyo" asosiy jamoasi safida 14 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol o'tkazib yuborgan va 7 uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Manchester Yunayted hozirgi kunda APL turnir jadvalida 11 turdan so'ng 18 ochko bilan ettinchi o'rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.