Eng yaxshi yozgi transferlar aniqlandi

Eng yaxshi yozgi transferlar aniqlandi
ESPN telekanali jurnalistlari tomonidan tuzilgan eng yaxshi yozgi transferlar reytingi eʼlon qilindi. Birinchi oʻrinni darvozabon Lyuka Shevalye egalladi.

U 'Lill' klubidan 'PSJ'ga 40 million yevro evaziga oʻtdi. Fransiyalik posbon Parij jamoasining birinchi raqamli darvozaboniga aylandi va rossiyalik Matvey Safonovni asosiy tarkibdan chetlatdi.

Ikkinchi oʻrinni 'Manchester Yunayted'ning yangi futbolchisi Brayan Mbeumo egalladi. 'Qizil iblislar' hujumkor yarim himoyachini 'Brentford'dan 75 million yevroga sotib olishdi.

Eng yaxshi uchlikni 'Real Madrid'ning yangi himoyachisi Alvaro Kareras yakunladi. Madrid klubi 'Benfika'dan laterallarni 50 million yevroga sotib oldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.