Belarus murabbiyi: Jamoamiz munosib o'ynadi

Belarus milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiyi Karlos Alos JCH saralash bosqichida Daniyaga qarshi kechgan o‘yin haqida fikr bildirdi. Uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi.
"Mening fikrimcha, Daniya dunyoning eng kuchli beshta jamoasidan biri hisoblanadi. Biz boshdan kechirgan qiyinchiliklarni hisobga olsak, o‘yinchilarimni faqat tabriklashim mumkin.
Garchi guruhdan chiqa olmagan bo‘lsak-da, men uchun bu natija katta yutuqdir. Bugun jamoamiz munosib o‘yin ko‘rsatdi", – dedi murabbiy Sport TV2 nashriga.
Daniya guruhda 11 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. Shotlandiya 10, Gretsiya 6, Belarus esa 1 ochkoga ega.
18-noyabr kuni guruhdagi so‘nggi turda Shotlandiya Daniyani qabul qiladi, Belarus esa Gretsiya bilan uchrashadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!"Mening fikrimcha, Daniya dunyoning eng kuchli beshta jamoasidan biri hisoblanadi. Biz boshdan kechirgan qiyinchiliklarni hisobga olsak, o‘yinchilarimni faqat tabriklashim mumkin.
Garchi guruhdan chiqa olmagan bo‘lsak-da, men uchun bu natija katta yutuqdir. Bugun jamoamiz munosib o‘yin ko‘rsatdi", – dedi murabbiy Sport TV2 nashriga.
Daniya guruhda 11 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. Shotlandiya 10, Gretsiya 6, Belarus esa 1 ochkoga ega.
18-noyabr kuni guruhdagi so‘nggi turda Shotlandiya Daniyani qabul qiladi, Belarus esa Gretsiya bilan uchrashadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













