Kiryakov: "Bavariya"ning Chempionlar ligasida imkoniyati katta

Kiryakov: "Bavariya"ning Chempionlar ligasida imkoniyati katta
Germaniya klublarining sobiq futbolchisi Sergey Kiryakov "Yevro-Futbol.Ru" internet nashriga bergan intervyusida "Bavariya"ning Chempionlar ligasidagi natijalari haqida fikr bildirdi. "Bavariya" soʻnggi paytlarda juda zoʻr oʻyin koʻrsatmoqda.

Ularning Chempionlar ligasida gʻalaba qozonish imkoniyati juda yuqori. Bundesligada ham deyarli hech qanday muammolari yoʻq.

Bu safar chempionlikni ulardan hech kim tortib ololmaydi," - dedi Kiryakov. Myunxen klubi Vensan Kompani boshchiligida Chempionlar ligasi guruh bosqichida 12 ochko toʻplab, turnir jadvalida birinchi oʻrinni egallab turibdi.

Joriy mavsumda toʻrtta oʻyinda toʻliq gʻalaba qozongan uchta jamoa bor: "Inter", "Arsenal" va "Bavariya".
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.