Enso Fernandesning "Chelsi"dagi orzusi

Enso Fernandesning "Chelsi"dagi orzusi
Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Enso Fernandes o'zining jamoa bilan bog'liq maqsadlari haqida so'zlab berdi. Argentina futbolchisi 2023 yil boshida "Benfika"dan 121 million yevro evaziga "ko'klar" safiga qo'shilgan edi.

O'tgan mavsumda u London klubiga Konferensiyalar ligasi va Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqishga yordam berdi. "Chelsidagi orzuim?

Jamoa bilan Chempionlar ligasi yoki Premer-ligada g'olib bo'lishni xohlayman. Bu yutuqlar klubimiz uchun naqadar muhimligini bilamiz", – dedi Fernandes The Touchline nashriga bergan intervyusida.

"Chelsi" joriy Angliya Premer-ligasi mavsumida 11 turdan so'ng turnir jadvalida uchinchi pog'onani egallab turibdi. Jamoa 22-noyabr kuni safarda "Byornli"ga qarshi bahs olib boradi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.