Donnarumma Gattuzo uzrlariga qoʻshildi

Donnarumma Gattuzo uzrlariga qoʻshildi
Italiya terma jamoasi Norvegiya bilan oʻyinda 1:4 hisobida magʻlub boʻldi. Endi ular jahon chempionatiga yoʻllanma uchun bahorda pley-off bosqichida qatnashadi.

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo muxlislardan uzr soʻradi, jamoaning darvozaboni Janluiji Donnarumma esa uning uzrlariga qoʻshildi. "Men ham Rino nomidan uzr soʻrayman, ammo mart oyida bizga muxlislarning toʻliq qoʻllab-quvvatlovi zarur", – dedi Donnarumma calcionapoli1926.it nashriga.

Eslatib oʻtamiz, Italiya jahon chempionatida toʻrt marta gʻolib boʻlgan, ammo oxirgi bor 2014-yilda musobaqaning final bosqichida qatnashgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.