Luis Suares: "Liverpul" va "Barselona" davrimni solishtirdim

Luis Suares: "Liverpul" va "Barselona" davrimni solishtirdim
“Inter Mayami” hujumchisi Luis Suares o‘zining “Liverpul” va “Barselona”dagi faoliyatini esladi. Ko‘plab mutaxassislarning fikricha, urugvaylik yulduzning eng kuchli yillari aynan mersisaydliklar va kataloniyaliklar safida kechgan.

"2013-2014 yillardagi "Liverpul"dagi Suares o‘zgacha edi, - deydi Luis. - "Barselona"dagi Suares esa butunlay boshqacha.

Transferdan so‘ng mening rolim keskin o‘zgardi. "Barselona"da bir teginishda o‘ynashni o‘rgandim, maydonni yaxshiroq tushunishni boshladim.

"Liverpul"da esa men to‘pni 40 metr masofaga o‘zim olib borardim. Ispaniyaga ko‘chib o‘tishim mening o‘yinimni o‘zgartirdi: ko‘proq pasga intildim va buni o‘z evolyutsiyam deb bilaman" - deya takidlaydi 38 yoshli futbolchi Sport nashriga bergan intervyusida.

Luis Suares 2024 yil boshidan boshlab “Inter Mayami” sharafini himoya qilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.