Barselona hujum chizigʻini kuchaytirmoqchi

Barselona hujum chizigʻini kuchaytirmoqchi

Barselona hujum chizigʻini kuchaytirmoqchi
Koʻln klubi hujumkor yarim himoyachisi Said El-Malo Germaniya chempionatini tark etib, Ispaniyaga koʻchib oʻtishi mumkin. Sport.es nashri jurnalistlarining xabariga koʻra, 19 yoshli germaniyalik vingerga Kataloniyaning \"Barselona\" klubi qiziqish bildirmoqda.

Kataloniyaliklar rahbariyati ushbu istiqbolli futbolchini 2025/2026-yilgi mavsum yakunida tarkibga qoʻshib olish rejasini koʻrib chiqmoqda. Saidning transfer qiymati hozirda 18 million yevroga baholanmoqda, biroq \"Koʻln\" uni kamida 30 million yevroga sotishni maqsad qilgan.

Joriy mavsumda Said El-Malo Germaniya Bundesligasida oʻnta oʻyin oʻtkazib, toʻrtta gol va bitta golli uzatma muallifi boʻldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.