Arsenal Niderlandiyalik futbolchini nishonga oldi

Arsenal Niderlandiyalik futbolchini nishonga oldi

Arsenal Niderlandiyalik futbolchini nishonga oldi
Feyenoord yarim himoyachisi Kvinten Timber Londonning Arsenal jamoasi uchun transfer maqsadlaridan biri bo‘lishi mumkin. 24 yoshli futbolchining shartnomasi iyun oxirida yakunlanadi va u mavsum tugagach erkin agentga aylanadi.

Caught Offside nashrining xabariga ko‘ra, Arsenal uni jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta uchun ajoyib qo‘shimcha sifatida ko‘rib chiqmoqda. Ma’lumot uchun, Arsenal safida Kvintenning egizak ukasi Yurryen Timber o‘ynaydi.

Kvinten Timber joriy mavsumda Feyenoord tarkibida 14 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, ko‘p pozitsiyalarda o‘ynay oladigan Niderlandiya terma jamoasi futbolchisining transfer qiymati 30 million yevroga baholanmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.