Real hujumchisi APL klublariga o'tishi mumkin

Real hujumchisi APL klublariga o'tishi mumkin
Madridning "Real" klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya Angliya Premer-ligasining bir nechta klublari eʼtiborini tortmoqda. Bu haqda Fichajes xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "qaymoqranglilar" Garsiya uchun 20 million yevrolik takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Yaqin kunlarda "Sanderlend", "Aston Villa" va "Vulverhempton" klublaridan rasmiy takliflar kelib tushishi kutilmoqda.

Joriy mavsumda 21 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 9 ta o'yinda ishtirok etib, 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Garsiyaning "Real" bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt maʼlumotlariga ko‘ra, futbolchining transfer qiymati 15 million yevroni tashkil etadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.