Alan Shirer Sheshko oʻyinini baholadi

Alan Shirer Sheshko oʻyinini baholadi
Sobiq "Nyukasl" hujumchisi Alan Shirer sloveniyalik forvard Benyamin Sheshkoning "Manchester Yunayted"ga oʻtishini izohladi. "Sheshko yaxshiroq oʻynashi kerak.

Uning uchun "MYu" qariyb 70 million yevro toʻladi. Bu summa hozirgi transfer bozorida ham jiddiy mablagʻ hisoblanadi.

U yaxshi futbolchi, lekin men uning ajoyib natijalar koʻrsatishiga ishonmayman. Transfer summasini hisobga olganda, u koʻproq gol urishi kerak", - deydi ingliz futboli afsonasi Shirer "Betfair"ga bergan intervyusida.

Angliya chempionatining joriy mavsumida 22 yoshli hujumchi 11 oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.