Karim Benzema Vinisius haqida fikr bildirdi

Karim Benzema Vinisius haqida fikr bildirdi
Fransiyalik hujumchi Karim Benzema, hozirda Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" jamoasida toʻp surayotgan boʻlsa-da, Madridning "Real" klubi braziliyalik vingeri Vinisius Juniorning oʻyin darajasini baholadi. "Bu futbolchining klub uchun qilgan ishlarini yodda saqlash kerak.

Menimcha, uni adolatsiz ravishda tanqid qilishmoqda. U ajoyib futbolchi va katta bosim ostida oʻynayapti.

Ha, albatta, Vinisius oʻyinini yanada yaxshilashi mumkin, lekin hozirgi holatini yomon deb ayta olmayman", – deydi Benzemaning soʻzlarini insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali keltirib oʻtgan. Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi "Real Madrid" safida 22 ta oʻyinda ishtirok etib, 6 ta gol urgan va 5 ta golga assistentlik qilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.