Manchester Yunayted Pulishichni sotib olishi mumkin

Manchester Yunayted Pulishichni sotib olishi mumkin
AQSh terma jamoasi va "Milan" klubi yarim himoyachisi Kristian Pulishich faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda CaughtOffside jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbalarga koʻra, amerikalik vinger xizmatlariga "Manchester Yunayted" va "Aston Villa" jamoalari qiziqish bildirmoqda. Kristianning "rossoneri" bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning iyun oyida tugaydi, biroq tomonlar yangi bitim imzolashga shoshilmayapti.

27 yoshli futbolchining transfer narxi 60 million yevroni tashkil qiladi. Joriy A Seriya mavsumida Pulishich yettita oʻyinda maydonga tushib, toʻrtta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.