Tare: 'Eng qisqa yoʻlni tanladik'

Tare: 'Eng qisqa yoʻlni tanladik'
“Milan” sport direktori Igli Tare jamoaning bu yilgi maqsadi – chempionlik unvonini qoʻlga kiritish ekanini yashirmadi. Uning soʻzlariga koʻra, bunga erishish uchun eng qisqa, ammo ayni vaqtda eng mashaqqatli yoʻl tanlangan.

"Skudetto uchun kurashmaslikni aytib, yolgʻon gapirgan boʻlardim. Biz 19 nafar yangi futbolchini taklif qilib, 23 nafar eski oʻyinchini tarkibdan ozod etish orqali eng tezkor, ammo eng qiyin yoʻlni tanladik.

Hozir yaxshi yoʻldamiz. Men bu buyuk klub bilan sovrin yutishni juda istayman, ammo oʻzimizga ortiqcha ishonib ketmasligimiz kerak", – deya Tarening soʻzlarini keltiradi pianetamilan.it.

Hozirda “Milan” Italiya chempionati turnir jadvalida uchinchi oʻrinda bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.