Laporta: Xavining harakatidan ajablanmadim

Laporta: Xavining harakatidan ajablanmadim
Barselona prezidenti Joan Laporta Xavi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Laportaning so‘zlariga ko‘ra, sobiq sardor va murabbiyning muxolifat tadbirida qatnashgani uni hayron qoldirmagan.

"Klub prezidenti saylovi 15 martdan 15 iyungacha bo‘lgan davrda o‘tkaziladi. Tez orada aniq sanani belgilashni istayman.

Biz jamoaga eng kam ta’sir qiladigan variantni tanlashni xohlaymiz. Xavining muxolifat tadbirida qatnashgani meni ajablantirmadi.

U Viktori Font bilan allaqachon aloqada bo‘lgan. Men Font yoki boshqalarning so‘zlarini izohlamayman, chunki bu o‘z-o‘zidan men saylov kampaniyasiga qo‘shilganimni anglatadi", – dedi Laporta Barca Universalga bergan intervyusida.

"Barselona" La Liga jadvalida ikkinchi o‘rinda joylashgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.