Matteus: Maradona mening davrimning eng zoʻri edi

Mashhur nemis milliy terma jamoasi va Myunxenning "Bavariya" klubi sardori Lotar Matteus oʻz davri, yaʼni oʻtgan asrning 80-yillari uchun Diego Maradonani eng yaxshi futbolchi deb atadi. "Diego Maradona mening davrimning eng yaxshi futbolchisi edi.
Biz oʻsha vaqtda xuddi bugungi Ronaldo va Messi kabi edik. Ammo biz haqimizda koʻproq gapirilardi va biz koʻproq vaqtni zavqlanib oʻtkazardik.
Baʼzan Diegoni maydon tashqarisida ham uchratardim, hattoki ayrim bayramlarni birga nishonlaganmiz. Lekin jahon chempionati finalida toʻqnash kelganimizda hech qanday doʻstlik boʻlmasdi.
Ammo, oxir-oqibat, aynan Diego tufayli men ham oʻz ustimda ishladim va yaxshiroq futbolchi boʻldim", - deydi Matteus derbyderbyderby.it saytiga bergan intervyusida. Bir necha kundan keyin Maradonaning vafotiga besh yil toʻladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Biz oʻsha vaqtda xuddi bugungi Ronaldo va Messi kabi edik. Ammo biz haqimizda koʻproq gapirilardi va biz koʻproq vaqtni zavqlanib oʻtkazardik.
Baʼzan Diegoni maydon tashqarisida ham uchratardim, hattoki ayrim bayramlarni birga nishonlaganmiz. Lekin jahon chempionati finalida toʻqnash kelganimizda hech qanday doʻstlik boʻlmasdi.
Ammo, oxir-oqibat, aynan Diego tufayli men ham oʻz ustimda ishladim va yaxshiroq futbolchi boʻldim", - deydi Matteus derbyderbyderby.it saytiga bergan intervyusida. Bir necha kundan keyin Maradonaning vafotiga besh yil toʻladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













