Dani Olmo: "Biz mundialga chiqdik, ammo gʻalaba istardik"

Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Dani Olmo 2026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichining soʻnggi turida Turkiya bilan 2:2 hisobida durang oʻynagan oʻyindan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi. "Barselona" vakili oʻyinning 4-daqiqasida mehmonlar darvozasini ishgʻol qilgan boʻlsa-da, "qizil furiya" gʻalaba qozona olmadi.
Bu natija ispaniyaliklarning ushbu saralash bosqichidagi yagona muvaffaqiyatsiz oʻyini boʻldi. Shunga qaramay, Luis de la Fuente jamoasi guruhda birinchi oʻrinni egallab, mundialga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanma oldi.
"Bu yaxshi natija, chunki Jahon chempionatiga chiqdik, lekin biz gʻalaba qozonishni xohlagan edik. Nima boʻlganda ham bu natijani nishonlashga arziydi, ammo durang bizda ozgina achchiq tuygʻu qoldirdi", – deydi Dani Olmo "The Touchline" nashriga bergan intervyusida.
Ispaniya terma jamoasi 16 ochko toʻpladi, Turkiya esa 13 ochko bilan ikkinchi oʻrinni egalladi. Guruhda uchinchi va toʻrtinchi oʻrinlarni 3 ochkodan toʻplagan Gruziya va Bolgariya egalladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Bu natija ispaniyaliklarning ushbu saralash bosqichidagi yagona muvaffaqiyatsiz oʻyini boʻldi. Shunga qaramay, Luis de la Fuente jamoasi guruhda birinchi oʻrinni egallab, mundialga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanma oldi.
"Bu yaxshi natija, chunki Jahon chempionatiga chiqdik, lekin biz gʻalaba qozonishni xohlagan edik. Nima boʻlganda ham bu natijani nishonlashga arziydi, ammo durang bizda ozgina achchiq tuygʻu qoldirdi", – deydi Dani Olmo "The Touchline" nashriga bergan intervyusida.
Ispaniya terma jamoasi 16 ochko toʻpladi, Turkiya esa 13 ochko bilan ikkinchi oʻrinni egalladi. Guruhda uchinchi va toʻrtinchi oʻrinlarni 3 ochkodan toʻplagan Gruziya va Bolgariya egalladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













