Barselonaning asosiy transfer maqsadi ma'lum bo'ldi

Barselonaning asosiy transfer maqsadi ma'lum bo'ldi
Kristal Pelas markaziy himoyachisi Mark Geyi Barselonaning transfer ro'yxatida qolishda davom etmoqda. Bu haqda Cadena SER xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, kataloniyaliklar Geyining holatini diqqat bilan kuzatishmoqda. Ammo futbolchini qo'lga kiritish borasida favorit sifatida Liverpul klubi ko'rilmoqda.

Shu bilan birga, Barselona bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Geyini 2026 yil uchun asosiy transfer maqsadi deb bilmoqda. Joriy mavsumda 25 yoshli himoyachi turli turnirlarda 18 o'yinda maydonga tushib, bir gol va uchta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Futbolchining "burgutlar" bilan amaldagi shartnomasi yaqinlashib kelayotgan yozgacha amal qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.