Istomin juda yaxshi o‘ynab yuborgani uchun Jokovichdan uzr so‘radi

Istomin juda yaxshi o‘ynab yuborgani uchun Jokovichdan uzr so‘radi
Istomin juda yaxshi o‘ynab yuborgani uchun Jokovichdan uzr so‘radi

O‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin serbiyalik Novak Jokovich ustidan 7:6 (10:8), 5:7, 2:6, 7:6 (7:5), 6:4 hisobida qozongan g‘alabasi haqida fikr bildirib o‘tdi.

«Novakdan uzr so‘rayman va uning uchun afsusdaman, chunki bugun men shu qadar yaxshi o‘yin ko‘rsatdim. Hattoki o‘zimni o‘zim hayron qoldira oldim.

Jamoamga, onamga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Sizlar juda yaxshi ishladingiz. Uchinchi setdan boshlab o‘zimda og‘riq his qila boshlagandim, shu boisdan ham bu uchrashuvda qanday qilib g‘alaba qozonganimni aytib bera olmayman», — deya gapirdi Istomin kortning o‘zida bergan intervyusida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.