Nyukasl yulduzi Gimaraes: Kazemiro – mukammal o‘yinchi

Nyukasl yulduzi Gimaraes: Kazemiro – mukammal o‘yinchi
Nyukasl jamoasi yarim himoyachisi Bruno Gimaraes Manchester Yunayted futbolchisi Kazemiro haqida fikr bildirdi. Ikki yarim himoyachi Braziliya terma jamoasida birga o‘ynagan.

"Kazemiro – mukammal o‘yinchi. Uning faoliyati o‘zi haqida gapiradi.

Braziliyada u ko‘pchilik uchun afsonadir. Kazemiro ayniqsa Real jamoasida ulkan yutuqlarga erishgan, u yerda u besh marta Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan," – deydi Nyukasl sardori Madrid Universalga bergan intervyusida.

Gimaraes va Kazemiro yaqinda Braziliya terma jamoasi safida Senegal va Tunisga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida asosiy tarkibdan joy olishdi. Ushbu o‘yinlar mos ravishda 2:0 hisobidagi g‘alaba va 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.