Jeydon Sancho Turkiya klublariga o'tishi mumkin

Jeydon Sancho Turkiya klublariga o'tishi mumkin
Jeydon Sancho "Aston Villa"da o'zini ko'rsata olmadi. U sentabr oyining birinchi kunida ijaraga o'tgan edi.

Matbuotda "Manchester Yunayted" futbolchini qishki transfer oynasida sotish uchun qaytarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan. Transfer News Live manbasiga ko'ra, Sancho faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.

Xususan, futbolchi "Fenerbahche", "Galatasaray" va "Beshiktash" kabi uchta mahalliy top-klub bilan muzokaralar olib bormoqda. 25 yoshli Sancho Transfermarkt portaliga ko'ra, 25 million yevroga baholangan.

U "Aston Villa" safida sakkizta o'yinda maydonga tushgan, ammo gol yoki golli uzatma amalga oshira olmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.