Kurtua: Mbappe Ronalduga yetmaydi

Kurtua: Mbappe Ronalduga yetmaydi
Madridning "Real" jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua jamoadoshi Kilian Mbappeni sobiq "qirollik" klubi yulduzi Krishtianu Ronaldu bilan taqqosladi. Portugaliyalik futbolchi "Real Madrid" tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylangan.

Hozirgi Madrid klubining gol urish mashinasi Kilian Mbappe esa ko'pincha Ronaldu bilan solishtiriladi. "Men Ronaldu bilan "Real"da birga o'ynamaganman, ammo ularning [Mbappe va Ronaldu] farqli ekanini bilaman.

Krishtianu g'alabaga bo'lgan intilishi bilan Kiliandan ham ustunroq", – dedi Kurtua Madrid Universal nashriga bergan intervyusida. Eslatib o'tamiz, fransuz futbolchisi Mbappe 2024 yil yozida "PSJ"dan "Real"ga erkin agent sifatida o'tgan bo'lsa, Ronaldu "Real" safida 2009 yildan 2018 yilgacha to'p surgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.