Runi Angliyaning eng yaxshi futbolchisini aytdi

Runi Angliyaning eng yaxshi futbolchisini aytdi
Sobiq mashhur futbolchi Ueyn Runi Angliya terma jamoasi hujumchisi Garri Keyn haqida fikr bildirdi. "Menimcha, Keyn futbolchi sifatida ajoyib rivojlangan.

U menga yosh vaqtimdagi Krishtianuni eslatadi, biz "Manchester Yunayted"da birga edik. Ba'zan Keyn juda noqulay burchakdan zarba beradi, va sen o'ylaysan: "Nima qilyapsan?" Oʻsha paytda "Pas ber" deging keladi.

Ammo bu uni to'xtatmaydi, u har ikki oyog'i bilan zarba berishda davom etadi. Mening nazarimda, u Angliyaning eng yaxshi futbolchisi.

U ajoyib natijalarni ko'rsatmoqda", - dedi Runi The Overlap nashriga. 2025/2026 yilgi mavsumda "Bavariya" safida 17 ta o'yinda Garri Keyn 23 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.