Levandovski: Ronaldu va Messi o'rtasida tanlov

Levandovski: Ronaldu va Messi o'rtasida tanlov
Barselona klubi hujumchisi, polshalik futbolchi Robert Levandovski 2026-yilda jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda taniqli futbol jurnalisti Ekrem Konur xabar bermoqda.

Hozirda Levandovskiga Italiya klubi Milan va Turkiyaning Fenerbahche jamoalari qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Saudiya Arabistonining Al-Nasr va AQShning Inter Mayami klublari ham futbolchining kelajagi borasida vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Ayni paytda Levandovski uchun rasmiy takliflar kelib tushmagan va futbolchi yanvar oyida Barselonani tark etishni rejalashtirmayotgani aytilmoqda. Joriy mavsumda 37 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 12 ta o‘yinda ishtirok etib, 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Uning Barselona klubidagi amaldagi shartnomasi kelasi yozda nihoyasiga yetadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.