Liverpul darvozaboni Alisson maydonga qaytadi

Liverpul darvozaboni Alisson maydonga qaytadi
Liverpul jamoasining asosiy darvozaboni Alisson Beker jarohatdan so‘ng yana safga qaytmoqda. Braziliyalik posbon so‘nggi marta maydonga sentyabr oyi oxirida, Chempionlar ligasidagi Galatasarayga qarshi o‘yinda tushgan edi.

O‘yin davomida olgan jarohati sabab u bir muddat dam olishga majbur bo‘ldi. Jurnalist Lyuis Stilning ma’lumotiga ko‘ra, 33 yoshli darvozabon sog‘ayib bo‘ldi va yaqinda bo‘lib o‘tadigan Premer-liga doirasidagi Nottingham Forestga qarshi bahsda qatnashishga tayyor.

Mazkur uchrashuv shanba kuni Enfild stadionida, Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Joriy mavsumda Alisson Beker Arne Slot murabbiyligidagi jamoa tarkibida to‘qqizta o‘yinda ishtirok etdi.

Ushbu bahslarda u 12 ta gol o‘tkazib yuborgan va ikki marta darvozani «quruq» saqlashga muvaffaq bo‘lgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.