Emiliano Martines Tottenxemga o'tishi mumkin

Emiliano Martines Tottenxemga o'tishi mumkin
Aston Villa darvozaboni Emiliano Martines Tottenxemning transfer maqsadiga aylangan. Shporlar rahbariyati qishki transfer oynasida yangi darvozabon bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda va argentinalik yulduzni ustuvor variant sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Mail Sport xabariga ko‘ra, London klubi hozirgi birinchi raqamli darvozabon Gul'yel'mo Vikario ba'zi jihatlarda yetarli darajada yaxshi emas, deb hisoblamoqda. Yozda Emiliano Martines Manchester Yunaytedga o‘tishi mumkin edi, ammo qizil iblislar Senne Lammensni tanlashdi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 33 yoshli jahon chempionining transfer qiymati 16 million yevroga baholanmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.