Arsenal MakTomineyni sotib olishi mumkin

Arsenal MakTomineyni sotib olishi mumkin
Napoli yarim himoyachisi Skott MakTominey Angliya chempionatiga qaytishi mumkin. U ilgari Manchester Yunayted safida o'ynagan edi.

Team Talk xabariga ko'ra, Londonning Arsenal jamoasi shotlandiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga qiziqmoqda. Napoli klubi MakTomineyni jamoaning eng muhim futbolchilaridan biri deb hisoblaydi va uni 80 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas.

Transfermarkt portali futbolchi qiymatini 50 million yevroga baholagan. 2025/2026 yilgi mavsumda MakTominey 14 uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Uning Napoli bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha davom etadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.