B'yelsa Urugvaydan ketish shartini aytdi

B'yelsa Urugvaydan ketish shartini aytdi
Urugvay milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Marselo B'yelsa o'z lavozimini tark etishga shoshilmayapti. 70 yoshli argentinalik mutaxassisning shartnomasi joriy yil oxirida yakuniga yetadi.

Urugvay Futbol Assotsiatsiyasi esa B'yelsa bilan hamkorlikni davom ettirish yoki qilmaslik borasida hali qaror qabul qilmagan. "Men hali ham kuchim bor va 2026-yilgi Jahon chempionati oldidan Urugvay terma jamoasi bilan ishlashga tayyorman.

Ammo agar futbolchilar mening ketishimni istasa, buni menga yuzma-yuz aytishsin", – dedi B'yelsa. U may oyidan boshlab Urugvay terma jamoasini boshqarib kelmoqda.

Urugvay terma jamoasi Janubiy Amerika saralash bosqichida to'rtinchi o'rinni egallab, 2026-yilgi mundialga yo'llanma oldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.