Real Vinisius bilan yangi shartnoma tuzadi

Real Vinisius bilan yangi shartnoma tuzadi
Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Vinisius Junior klub bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi. 25 yoshli braziliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2027-yilda yakunlanishi kerak, biroq tomonlar yangi kelishuv bo'yicha dastlabki kelishuvga erishdi.

Bu haqda Diario AS xabar bermoqda. Soʻnggi "El-Klasiko" oʻyinidagi voqealar, ya'ni futbolchining ikkinchi bo‘limda almashtirilishiga keskin munosabat bildirgani bu qarorga ta'sir qilmagan.

Joriy mavsumda Vinisius "Real" safida barcha musobaqalarda 16 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U 2018-yildan beri "qirollik klubi" sharafini himoya qilib kelmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.