Shevchenko Allegri haqida: U kutilgan natijani beradi


Milan sobiq futbolchisi Andrey Shevchenko \"rossoneri\" jamoasining bosh murabbiyi Massimiliano Allegri haqida fikr bildirdi. \"Allegri – tajribali murabbiy va o\'ziga xos xususiyatlarga ega.
U futbolchilarni yaxshi boshqaradi va sinovdan o\'tgan o\'yin uslubiga ega. Uni tanlagan paytingizda, qaysi natijani olishingizni bilasiz: u kutilgan natijani beradi\", – deydi mutaxassis Calcio Mercato nashriga.
Italiyalik murabbiy bu yil yozda \"Milan\" boshqaruviga keldi. Uning qo\'l ostida jamoa A Seriyada 11 turda 22 ochko to\'plab, turnir jadvalida uchinchi o\'rinni egallab turibdi.
Yakshanba kuni \"Milan\" safarda \"Inter\" bilan derbida maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













