Flik: "Albatta, baxtiyorman"

“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik “Atletik” ustidan qozonilgan 4:0 hisobidagi gʻalabadan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. Flik nafaqat natijadan, balki jamoaning oʻyin sifati bilan ham mamnunligini bildirdi.
Uning taʼkidlashicha, “Barselona” oʻyinni toʻliq nazorat qilgan, oʻz imkoniyatlaridan samarali foydalangan va yuqori sifatli futbol namoyish etgan. "Albatta, baxtiyorman.
Jamoa ajoyib oʻyin namoyish etdi: biz oʻyinni nazorat qildik va kerakli vaqtda imkoniyatlarni amalga oshirdik. Gol oʻtkazmaganimizdan ham xursandman.
Bugun biz haqiqiy sifatli futbol koʻrsatdik. Raqibning bosimi kuchli boʻldi, ular ham bir nechta imkoniyatga ega boʻldi.
Bu kuchli jamoa. Ammo bu safar biz uchun hammasi muvaffaqiyatli boʻldi", – dedi murabbiy oʻyindan soʻng.
“Barselona” joriy mavsumda 31 ochko jamgʻarib, “Real” bilan birgalikda La Liga turnir jadvalida birinchi oʻrinni boʻlishib turibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Uning taʼkidlashicha, “Barselona” oʻyinni toʻliq nazorat qilgan, oʻz imkoniyatlaridan samarali foydalangan va yuqori sifatli futbol namoyish etgan. "Albatta, baxtiyorman.
Jamoa ajoyib oʻyin namoyish etdi: biz oʻyinni nazorat qildik va kerakli vaqtda imkoniyatlarni amalga oshirdik. Gol oʻtkazmaganimizdan ham xursandman.
Bugun biz haqiqiy sifatli futbol koʻrsatdik. Raqibning bosimi kuchli boʻldi, ular ham bir nechta imkoniyatga ega boʻldi.
Bu kuchli jamoa. Ammo bu safar biz uchun hammasi muvaffaqiyatli boʻldi", – dedi murabbiy oʻyindan soʻng.
“Barselona” joriy mavsumda 31 ochko jamgʻarib, “Real” bilan birgalikda La Liga turnir jadvalida birinchi oʻrinni boʻlishib turibdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













