17 yoshli Karl "Bavariya" rekordini yangiladi

Yarim himoyachi Lennart Karl shanba kuni "Bavariya" va "Frayburg" oʻrtasidagi uchrashuvda (6:2) jamoaning qahramonlaridan biriga aylandi. Moʻjizakor yosh futbolchi 22-daqiqada hisob 0:2 boʻlgan paytda bitta gol urib, myunxenliklarning qaytishini boshlab berdi.
Birinchi bo'lim oxirida Maykl Olise Karlning pasidan foydalangan holda gol urib, hisobni tenglashtirdi. "Bayern & Germany" manbasiga koʻra, Lennart Karl "Bavariya" tarixida bir oʻyinda ham gol urib, ham assistentlik qilgan eng yosh futbolchi boʻldi (17 yosh, 273 kun).
Umuman olganda, Germaniya chempionatining joriy mavsumida Karlning hisobida 9 oʻyinda 2 ta gol va 2 ta assist mavjud.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Birinchi bo'lim oxirida Maykl Olise Karlning pasidan foydalangan holda gol urib, hisobni tenglashtirdi. "Bayern & Germany" manbasiga koʻra, Lennart Karl "Bavariya" tarixida bir oʻyinda ham gol urib, ham assistentlik qilgan eng yosh futbolchi boʻldi (17 yosh, 273 kun).
Umuman olganda, Germaniya chempionatining joriy mavsumida Karlning hisobida 9 oʻyinda 2 ta gol va 2 ta assist mavjud.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













