Bavariya futbolchisi Karlga yuqori baho berdi

Bavariya futbolchisi Karlga yuqori baho berdi
Bavariya yarim himoyachisi Aleksandr Pavlovich o‘z jamoadoshi Lennart Karl haqida fikr bildirdi. 17 yoshli futbolchi Bundesliga doirasidagi shanba kungi Freiburgga qarshi o‘yinda gol urib, bitta assist amalga oshirdi.

Mazkur uchrashuvda Myunxen grandi 6:2 hisobida g‘alaba qozondi. "Men hech qachon bu qadar yosh futbolchining o‘ziga shunchalik ishonchli ekanini ko‘rmaganman.

Karl ajoyib futbolchi. U bilan birga o‘ynash – katta zavq", – dedi Pavlovich jurnalist Kerri Xau orqali.

Karl joriy mavsumda Bavariyaning asosiy jamoasi tarkibida barcha musobaqalarda 14 o‘yinda maydonga tushib, 3 gol va 2 assist qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.