Antonio Konte Napoli haqida gapirdi

Antonio Konte Napoli haqida gapirdi
Napoli bosh murabbiyi Antonio Konte A Seriyaning 12-turida Atalantaga qarshi o‘yindagi 3:1 hisobidagi g‘alabadan keyin jamoa ichidagi vaziyat haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Neapolliklar David Neresning dubl va Noah Lang tomonidan birinchi bo‘limda kiritilgan gollar orqali g‘alaba qozonishdi.

"Men futbolchilar bilan juda samimiy, mustahkam va ochiq-oydin munosabatdaman. Biz har doim bir-birimizga rost gapirishga harakat qilamiz.

Men qanday bo‘lsam, shundayman – hech qanday niqob taqmayman. Bilaman, ko‘pchilikka haqiqat yoqmaydi, lekin meni har doim halol bo‘lishga o‘rgatishgan", – dedi Konte Sky Sportga bergan intervyusida.

Napoli turnir jadvalida yana birinchi o‘ringa qaytdi, biroq Inter va Roma, ulardan bor-yo‘g‘i bir ochko ortda qolayotgan holda, ushbu turdagi o‘z o‘yinlarini hali o‘tkazmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.