Bavariya futbolchisi Karl: “Messi mening idealim”

Bavariya futbolchisi Karl: “Messi mening idealim”
Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Lennart Karl argentinalik afsonaviy hujumchi, “Inter Mayami” futbolchisi Lionel Messi bilan solishtirilganiga munosabat bildirdi. “Messi choʻqqida, menga esa hali uzoq yoʻl bor.

Messi mening idealim. Men oʻzimni Messi bilan solishtira olmayman, bu butunlay boshqa daraja”, - deydi Karl “Bild” nashriga bergan intervyusida.

17 yoshli futbolchi oʻz mahoratini rivojlantirishda davom etsa, Messining darajasiga yetishi mumkinligini qoʻshimcha qildi. Joriy mavsumda Lennart Karl 15 uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.

Transfermarkt portali nemis futbolchisini 20 million yevroga baholamoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.