Eze: Men xet-trik so‘rab ibodat qilgandim


Londonning \"Arsenal\" klubi yarim himoyachisi Eberichi Eze \"Tottenhem\"ga qarshi derbida amalga oshirgan het-trik haqida fikr bildirdi. Angliya chempionatining 12-tur uchrashuvi 23-noyabr kuni boʻlib oʻtdi va \"kanonirlar\"ning 4:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Futbolchining soʻzlariga koʻra, u bunday oʻyin uchun avvaldan ibodat qilgan. \"Bu oʻta maxsus lahza.
Men juda minnatdorman. Men bu haqida ibodat qildim.
Het-trik soʻradim va Xudoga shukur qilamanki, u menga bu imkoniyatni berdi\", — deydi futbolchi oʻyindan soʻng. \"Arsenal\" jamoasi 12 oʻyindan soʻng 29 ochko jamgʻarib, Angliya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













