Inter murabbiyi Kivu transferlar haqida gapirdi

Inter murabbiyi Kivu transferlar haqida gapirdi
Inter bosh murabbiyi Kristian Kivu Milan derbisidagi magʻlubiyatdan soʻng oʻz rejalarini bayon qildi. "Neradzurrilar" yakshanba kungi A Seriya uchrashuvida "Milan"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Yagona golni 54-daqiqada Kristian Pulisich kiritdi. "Yanvar oyida transferlar soʻraymanmi?

Savolingizga hurmat bilan qarayman, lekin hozir derbida magʻlubiyatga uchraganimdan soʻng transfer bozorini muhokama qilishni istamayman. Meni koʻproq bu magʻlubiyat jamoani qanday ruhiy holatga olib kelishi mumkinligi tashvishga solmoqda.

Ixtiyorimda 22 nafar futbolchi bor – ularning har biri 'Inter'da oʻynashga qodir. Men transferlar haqida oʻylamasdan, muammolarga yechim qidiryapman", – dedi Kivu matbuot anjumanida.

"Inter" A Seriya turnir jadvalida toʻrtinchi oʻringa tushib qoldi. Yetakchi "Roma"dan uch ochko ortda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.