Menyanning ilhomli o'yini Milanga g'alaba keltirdi


Italiya chempionatining 12-turi doirasida oʻtkazilgan bosh oʻyinda \"Milan\" derbida \"Inter\" ustidan gʻalaba qozondi. Ushbu muvaffaqiyatga ko\'p jihatdan darvozabon Mayk Menyanning ilhomli oʻyini sabab boʻldi.
U Hakon Chalhonogʻluning penaltini toʻsa oldi. \"Gʻalabani jamoaviy saʼy-harakatlarimiz bilan qoʻlga kiritdik.
Biz shunday uslubda oʻynashda davom etsak, natijalar oʻz-oʻzidan kelaveradi\", – dedi Menyan, pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida. Kelgusi turda A Seriyada \"Milan\" Rimning \"Latsio\" klubi bilan toʻqnash keladi.
\"Inter\" ustidan qoʻlga kiritilgan gʻalaba tufayli Massimiliano Allegri boshqaruvidagi jamoa A Seriya turnir jadvalida ikkinchi oʻringa koʻtarildi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













