Man Siti Bayerga qarshi: Gvardiola nima dedi?


Manchester Siti bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasidagi Bayerga qarshi o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi. \"Nyukasldan uchralgan mag‘lubiyatni unutdik.
Vaziyatni tahlil qildik va Chempionlar ligasida oldimizda turgan muhim to‘rt uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ra boshladik. Ertaga biz Bundesligada uchinchi o‘rinni egallab turgan jamoaga qarshi maydonga tushamiz.
Bu uchrashuv juda muhim, chunki biz turnirning kuchli sakkizligida yakunlashni xohlaymiz. Ochko yig‘ishimiz kerak.
O‘tmishga emas, maydonda nima qilishimiz kerakligiga e’tibor qaratamiz\", – dedi Gvardiola matbuot anjumanida. Manchester Siti va Bayer jamoalari seshanba, 25-noyabr kuni maydonga tushadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













