Vardining uyi talon-taroj qilindi


23-noyabr kuni Italiya A Seriyasida \"Kremoneze\" va \"Roma\" jamoalari oʻrtasidagi oʻyinda Jamie Vardi maydonda boʻlganida, uning uyi talon-taroj qilindi. Ushbu hodisa haqida Daily Mail xabar berdi.
Uch nafar o\'g\'ri futbolchining uyiga bostirib kirib, taxminan 80 ming funtlik zarar yetkazishgan. Ular orasida qimmatbaho soatlar, zargarlik buyumlari, naqd pul va boshqa qimmatli narsalar bor edi.
Ma\'lumki, Vardi joriy yilning sentabr oyida Italiya jamoasi tarkibiga qo\'shilgan edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













