Lids bosh murabbiyi isteʼfoga yaqin


Lids jamoasi bosh murabbiyi Daniel Farke lavozimini yoʻqotish xavfi ostida. Bu haqda Indykaila News xabar bermoqda.
Manbalarning maʼlum qilishicha, Lids rahbariyati yaqin kunlarda yigʻilish oʻtkazib, Farkening kelajagini hal qiluvchi qaror qabul qiladi. Uzoq vaqtdan beri murabbiyning isteʼfosi haqida mish-mishlar yurib kelayotgan edi, biroq aynan hozir uning ketishi ehtimoli juda katta.
\"Lids\" oʻzining birinchi mavsumini Angliya Premer-ligasida Chempionshipdan qaytganidan soʻng oʻtkazmoqda. 12 ta oʻyindan soʻng jamoa turnir jadvalida 18-oʻrinda, yaʼni quyi ligaga tushish zonasida joylashgan.
Hozirgacha \"pavlinlar\" atigi 11 ochko toʻplashga muvaffaq boʻlishgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













