Chelsi Mayk Menyan bilan aloqani tikladi

Chelsi Mayk Menyan bilan aloqani tikladi

Chelsi Mayk Menyan bilan aloqani tikladi
Londonning \"Chelsi\" klubi \"Milan\" darvozaboni Mayk Menyanning vakillari bilan yana bogʻlandi. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, \"koʻklar\" Menyanni bepul asosda qoʻlga kiritishni istashmoqda. Fransuz darvozabon esa \"Milan\" bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas.

Agar \"Chelsi\" yangi darvozabon bilan shartnoma imzolasa, ular Filip Yorgensendan xalos boʻlishga harakat qilishi mumkinligi qayd etilgan. Joriy mavsumda 30 yoshli Menyan barcha musobaqalarda 13 oʻyinda maydonga tushdi, 9 ta gol oʻtkazib yubordi va 7 oʻyinda darvozasini daxlsiz saqladi.

Menyanning \"Milan\" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozgacha tuzilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.