Mbappe 7 daqiqada xet-trik qayd etdi

Mbappe 7 daqiqada xet-trik qayd etdi
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe "Olimpiakos"ga qarshi o‘yinda 7 daqiqa ichida xet-trik qayd etib, uchrashuvning borishini butkul o‘zgartirib yubordi. Yunon jamoasi 8-daqiqada hisobni ochdi, ammo "Real" 22-daqiqada durangni tikladi, shundan so‘ng 24-daqiqada Mbappe "qirollik klubi"ni oldinga olib chiqdi.

Oradan besh daqiqa o‘tib, fransiyalik forvard yana gol urib, xet-trikni rasmiylashtirdi. Shu tariqa, Mbappe Chempionlar Ligasi joriy mavsumi to‘purarlari poygasida yetakchilikni qo‘lga oldi.

U 8 ta gol bilan "Galatasaroy" hujumchisi Viktor Osimxendan (6 gol) o‘zib ketdi. Eslatib o‘tamiz, "Real" g‘alaba qozonsa, 5 turdan so‘ng ochkolarini 12 taga yetkazadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.