Perishich Chempionlar Ligasida tarix yaratdi

Evropa futbolida Chempionlar Ligasining guruh bosqichi 5-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Niderlandiyaning PSV jamoasi kutilmaganda mehmondagi o'yinda Angliyaning "Liverpul" klubini 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Mazkur uchrashuvda hisobni Xorvatiya terma jamoasi faxriysi Ivan Perishich ochdi. 36 yosh 297 kunlik futbolchi 6-daqiqada penaltidan gol urdi.
Shu tariqa u Chempionlar Ligasi tarixida penaltidan gol urgan eng keksa futbolchilar orasida uchinchi o'rinni egalladi. Perishichdan ko'ra ushbu natijada faqatgina ikki futbolchi yuqoriroqda turadi: ispaniyalik Serxio Ramos (37 yosh 257 kun) va yana bir xorvatiyalik Luka Modrich (37 yosh 54 kun).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Mazkur uchrashuvda hisobni Xorvatiya terma jamoasi faxriysi Ivan Perishich ochdi. 36 yosh 297 kunlik futbolchi 6-daqiqada penaltidan gol urdi.
Shu tariqa u Chempionlar Ligasi tarixida penaltidan gol urgan eng keksa futbolchilar orasida uchinchi o'rinni egalladi. Perishichdan ko'ra ushbu natijada faqatgina ikki futbolchi yuqoriroqda turadi: ispaniyalik Serxio Ramos (37 yosh 257 kun) va yana bir xorvatiyalik Luka Modrich (37 yosh 54 kun).
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













