Dumfris “Liverpul”ga qarshi qaytadi

Dumfris “Liverpul”ga qarshi qaytadi
Milanning “Inter” klubi o‘ng qanot himoyachisi Denzel Dumfris kelasi oy boshida jarohatidan forig‘ bo‘lishi kutilmoqda. 29 yoshli futbolchi yaqinda bo‘lib o‘tgan “Milan” va Madridning “Atletiko” klublariga qarshi uchrashuvlarda maydonga tusha olmadi.

“Neradzurri” ushbu o‘yinlarda mos ravishda 0:1 va 1:2 hisoblarida mag‘lubiyatga uchradi. Mashhur insayder Janluka Di Markzoning xabariga ko‘ra, “Inter” rahbariyati Gollandiyalik futbolchining UEFA Chempionlar ligasining keyingi turi doirasida “Liverpul”ga qarshi 9-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinga qadar safga qaytishini kutmoqda.

Kristian Kivu boshchiligidagi jamoaning keyingi raqibi esa “Piza” bo‘ladi. Ushbu uchrashuv Italiya A Seriyasi doirasida 30-noyabr, yakshanba kuni o‘tkaziladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.