Arsenal va Chelsi o‘rtasidagi katta derbi

Arsenal va Chelsi o‘rtasidagi katta derbi
Arsenal bosh murabbiyi Mikel Arteta APL doirasidagi Chelsi bilan bo‘ladigan muhim o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirdi. "Bu katta o‘yin, katta London derbisi.

Chelsi juda yaxshi formada. Biz bu sinov va imkoniyat qanchalik muhim ekanligini bilamiz va unga to‘liq tayyormiz.

Chelsini chempionlik uchun kurashdagi asosiy raqib deb hisoblaymanmi? Barchamiz bir poygada.

Chelsi ham bu poygada, chunki ular so‘nggi yillardagi ishlari bilan buni haqli ravishda qo‘lga kiritishgan", - dedi Arteta matbuot anjumanida. Arsenal 29 ochko bilan APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, Chelsi esa 23 ochko bilan ikkinchi o‘rinda.

Chelsi va Arsenal uchrashuvi 30-noyabr kuni Moskva vaqti bilan soat 19:30 da boshlanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.