Torop terma jamoa tarkibida ko'rib chiqilmoqda

Torop terma jamoa tarkibida ko'rib chiqilmoqda
Rossiya terma jamoasining darvozabonlar murabbiyi Vitaliy Kafanov Moskvaning CSKA jamoasi darvozaboni Vladislav Toropning milliy terma jamoaga chaqirilishi ehtimoli haqida fikr bildirdi. "Uning nomzodi o'tgan mavsumda ham ko'rib chiqilgandi.

U kubok bahslarida jamoasini finalga olib chiqishda muhim rol o'ynadi. Bugungi kunda u boshqa nomzodlar bilan bir xil darajada baholanmoqda", - dedi Kafanov "Sovetskiy sport" nashriga bergan intervyusida.

22 yoshli darvozabon joriy mavsumda 12 uchrashuvda maydonga tushib, 9 gol o'tkazib yubordi. Shuningdek, 6 o'yinda o'z darvozasini daxlsiz saqlashga muvaffaq bo'ldi.

Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, uning narxi 1 million yevroga baholanmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.