Real futbolchisi jarohatdan forigʻ boʻldi

Real futbolchisi jarohatdan forigʻ boʻldi
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Franko Mastantuono safga qaytdi. 18 yoshli futbolchi pubalgiya sabab soʻnggi toʻrt oʻyinni oʻtkazib yuborgan edi.

Marca nashri maʼlumotiga koʻra, argentinalik futbolchi toʻliq tiklanib, 30 noyabr, yakshanba kuni boʻlib oʻtadigan La Liga doirasidagi "Jirona"ga qarshi oʻyinda maydonga tushishga tayyor. Franko Mastantuono joriy yilning avgust oyida "Real" safiga qoʻshilgan boʻlib, u bungacha "River Pleyt" klubida toʻp surgan.

Xabi Alonso boshqaruvidagi jamoa tarkibida u jami 12 ta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan va bitta golli uzatma amalga oshirgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.